Mijozlar bilan ishlashni oson tashkil qiling

ofisda yoki masofadan turib, mobil aloqa, shahar raqami yoki internet-telefoniya orqali.
Bulutli ATS bu nima
Bu sizning kompaniyangizda telefoniya xizmatini tashkillashtirishning eng zamonaviy usuli. Bu 3 ishchidan tashkil topgan kompaniya bo’ladimi yoki 50 tadanmi, barcha uchun juda mos keladi. Sizning kompaniyangizda nechta qo'ng'iroqlar o'tkazib yuborilishini bilasizmi? Buning natijasida qancha foydani yo'qotasiz? Bulutli ATS har bir mijozni sizning xodimlaringizga qo’ng’iroq qilib tushishini ta`minlaydi, aks holda siz bu haqda xabar olasiz va mijoz bilan bog’lanasiz. Siz har doim telefondagi savdoyingizni to'liq boshqarib borasiz
Asosiy imkoniyatlari
Bulutli ATSning barcha funksiyalari oddiy shaxsiy kabinetda mavjud. Uni boshqarish ijtimoiy tarmoqdagi sahifani boshqarishdan murakkab emas.
  • Ko'p kanalli raqamlar
    Sizga qancha mijozlar qo'ng'iroq qilmasin, ularning qo'ng'iroqlari doimo Bulutli ATS tomonidan qabul qilinadi.
  • Ovozli salomlashuv
    Bulutli ATS oldindan yozib olingan ovozli faylni qo’yib beradi, bu esa o’z navbatida kompaniyaning nufuzini oshiradi.
  • Qo'ng'iroqlarni taqsimlash
    Bulutli ATS xodimlarning bo’sh bo’lganini aniqlaydi va unga qo'ng'iroqni yollaydi.
  • Qo'ng'iroqlarni yozib olish
    Qo'ng'iroqlarning nazorati xodimlarni ishga mas’uliyatli yondashuvini oshiradi va ularni mijozlar bilan samarali muloqot qilishga undaydi.
  • Statistika
    Har bir xodim qancha qo'ng'iroq qildi? Ularning davomiyligi qanday?
    Kompaniyaning barcha qo'ng'iroqlarini nazorat qiling.
  • O‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroqlar nazorati
    Mijozlarni yo‘qotmang! Telegram va email xabarnomalari tezda qayta qo‘ng‘iroq qilishga yordam beradi.
Shaxsiy kabinet qanday ko'rinishga ega
Bulutli ATS tariflari
Ulanish bepul. Siz faqat foydalanadigan xodimlar va kerakli funktsiyalar uchun to'laysiz. Bizning menejerlarimizdan mahsulotning bepul demo-sinov shaklini olib qo’llab ko’ring.
Oyiga 85 000 so`m
425 000 so`m/oy
1 ta foydalanuvchi uchun xizmat narxi
850 000 so`m/oy
5 ta foydalanuvchi
10 ta foydalanuvchi
Asosiy litsenziyaga nimalar kiradi:
  • Qo‘ng‘iroqlar tarixi va asosiy statistika;
  • Qo‘ng‘iroqlarni kerakli bo‘limlar va xodimlarga taqsimlash, qo‘ng‘iroqlarni o‘tkazib yubormaslik uchun;
  • Avtojavobchi;
  • Ovozli menyu va guruhlar (bo‘limlar);
  • Qo‘ng‘iroqlarni qayta yo‘naltirish;
  • Kompaniya jadvali (ish vaqti va ishlamaydigan vaqtda qo‘ng‘iroqlarni turli yo‘nalishlarda qabul qilish);
  • Qo‘ng‘iroqlarni uzatish va qabul qilish funksiyalari;
  • Chiquvchi raqamlar va individual AON (abonentning o‘z nomini ko‘rsatish) o‘rnatish;
  • Qo‘ng‘iroq yo‘nalishlariga cheklovlar;
  • Qo‘ng‘iroq davomida kuy qo‘yish;
  • Qisqa raqamlar va foydalanuvchi hisoblari.
Qo‘shimcha imkoniyatlar
  • Qo`ng`iroqlarni yozib olish - oyiga 75 000 so`mdan boshlab
    • Biznesni xavflardan himoya qilish
    • Cheklanmagan hajmdagi saqlash joyi
    • Yozuvlarni FTP-serverga yuklash
  • Sotuv bo‘limlari uchun vositalar – 100 000 so‘m / oy
    • E-mail yoki Telegram-bot orqali o‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroqlar haqida xabarnomalar
    • Operatorlar band bo‘lsa, qayta qo‘ng‘iroq buyurtma qilish
    • Saytdan qayta qo‘ng‘iroq tugmasi va uni sozlash imkoniyati
  • Statistika va tahlil – 100 000 so‘m/oy
    • Barcha o‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroqlar va ularga qayta qo‘ng‘iroqlar bo‘yicha hisobot
    • Grafik hisobotlar — qo‘ng‘iroqlar sonining o‘zgarishi, eng yuqori yuklama vaqtlari, qaysi reklama orqali ko‘proq qo‘ng‘iroq qilinishi, qaysi xodim yoki filial samaradorligi bo‘yicha ma’lumotlar
    • Hisobotlar va statistikani mobil ilovada ko‘rish
  • CRM va API bilan integratsiya – 100 000 so‘m/oy
    • Mashhur CRM tizimlari bilan integratsiya: Bitrix24, AMO va boshqalar
    • Istalgan dasturiy ta’minotni ulash uchun API ochilishi
    • CRM tizimida belgilangan xodimga qo‘ng‘iroqni yo‘naltirish
    • Bir marta bosish orqali qo‘ng‘iroq qilish va digital voronkalar
  • Avtoqo‘ng‘iroq – 100 000 so‘m/oy
    • Ish jadvalidagi o‘zgarishlar haqida xabarnomalar yoki sovuq sotuvlar
    • Mijoz reklama xabarlaridan voz kechishi mumkin
    • Qo‘ng‘iroqlar mijozning vaqt mintaqasini hisobga olgan holda amalga oshiriladi
  • Call-markaz uchun vositalar – 100 000 so‘m/oy
    • Navbatdagi raqam haqida xabarnoma
    • Suhbat yakunida xizmat sifati bahosi
    • Katta mutaxassisni suhbatga ulash imkoniyati, uni faqat sizning xodimingiz eshitadi
  • Tashqi ATSlarni ulash – 100 000 so‘m/oy
    • Virtual ATSlarni yagona tarmoqqa birlashtirish
    • Tashqi ATSlarni Virtual ATSga ulab, yagona raqam rejasini yaratish
  • Microsoft Teams bilan integratsiya (1 ish joyi) – 75 000 so‘m/oy

    Microsoft Teams orqali ish muhiti bilan ulanish

Qulay mobil ilova
Qo‘ng‘iroqlar tarixini ko‘rish, yozuvlarini tinglash va Virtual ATSni sozlashni to‘g‘ridan-to‘g‘ri smartfoningizda amalga oshirishingiz mumkin.
CRM bilan integratsiya
Bulutli ATS O‘zbekistonning barcha yirik CRM tizimlari bilan integratsiyalashgan.
Ulanish – bepul. Faqat sizga kerakli funksiyalar uchun to‘lov qilasiz. Mahsulotning bepul demo-versiyasini bizning menejerlardan so‘rang.
Bepul sinab ko‘ring