Tasdiqlangan MChJ «MEDIATEKA»

Bosh direktori buyrug‘ibilan

№2пп bilan 03.01.2025 y.


«MEDIATEKA» MCHJ XIZMATLARI MAXFIYLIK SIYOSATI

1. Umumiy qoidalar
1.1.   Ushbu Maxfiylik siyosati (keyingi o‘rinlarda – «Siyosat») tartibga soluvchi predmet «Sarkor Telekom» MChJ, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan va faoliyat yurituvchi yuridik shaxs (manzil:O‘zbekiston Respublikasi, Toshkentshahri, Yunusobod tumani,Sh. Rashidov ko‘chasi, 97A) (keyingi o‘rinlarda – «Kompaniya» yoki «Sarkor Telekom») bilan foydalanuvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Kompaniya internet tarmog‘ida joylashgan saytlar, xizmatlar, dasturlar va/yoki boshqa mahsulotlarning, jumladan axborot, kommunikatsion va boshqa turdagixizmatlarning (keyingi o‘rinlarda – «Xizmatlar», alohida–
«Xizmat») huquqiy egasi hisoblanadi. Ushbu Siyosat foydalanuvchilar (jumladan, yuridik shaxslar xodimlari va vakillari, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamdashaxsiy ma’lumot subyektlarining boshqa kategoriyalari) tomonidan Kompaniya Xizmatlaridan foydalanish jarayonida ularning shaxsiy ma’lumotlari va boshqa axborotlarini qayta ishlash tartibini belgilaydi (keyingi o‘rinlarda –
«Axborot»).
1.2. Ushbu Siyosat matni quyidagi manzilda joylashgan: https://oats.uz/politikakonf.
1.3. »MEDIATEKA» MCHJning Xizmatlari foydalanuvchilari haqidagiaxborotni, jumladan, shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash, foydalanish, saqlash, tarqatish va himoya qilish bilan bog‘liq munosabatlar ushbu Siyosat va «MEDIATEKA» MCHJ Xizmatlari doirasida joylashtirilgan boshqa qoidalar (keyingi o‘rinlarda birgalikda – «Siyosatlar», alohida – «Siyosat») hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, jumladan 2019-yil 2-iyuldagi «Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida»gi №ZRU-547-sonli qonuni va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
1.4.  Kompaniya Xizmatlaridan foydalanishni boshlashdan oldinFoydalanuvchi ushbu Siyosathamda barcha tegishli Qoidalar bilan tanishib chiqishi shart.
1.5.  Xizmatlarga ro‘yxatdan o‘tish, ulardan foydalanish yoki ularga kirish davomida Foydalanuvchi ushbu Siyosat shartlari, shuningdek, tegishli Xizmat sahifalarida (bo‘limlarida) joylashtirilgan bitimlar, qoidalar va tartib-qoidalarning amaldagi tahrirlariga rozilik bildiradi.
1.6.    Kompaniya Foydalanuvchilar tomonidan taqdim etilgan shaxsiy axborotning haqqoniyligini tekshirmaydi va ularninghuquqiy layoqatini nazoratqilmaydi. Biroq, Kompaniya Foydalanuvchining ro‘yxatdan o‘tish shaklida taqdim etilgan ma’lumotlarni haqqoniy va yetarli deb hisoblaydi hamda ularning dolzarbligini ta’minlashni foydalanuvchining zimmasiga yuklaydi. Noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etish xavfi shu ma’lumotni bergan Foydalanuvchining zimmasidadir. Xizmatlarga ro‘yxatdan o‘tish yoki ro‘yxatdan o‘tmasdan kirish orqali Foydalanuvchi mazkur Xizmatdan foydalanish uchun tegishli qonunchilikka muvofiq ruxsat etilgan yoshga yetganligini tasdiqlaydi.
2. Axborot tarkibi
2.1. Kompaniya tomonidan qayta ishlanadigan Axborot quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
2.1.1. Hisob qaydnomasi ma’lumotlari, jumladan:
(a)   Foydalanuvchi tomonidanXizmatda ro‘yxatdan o‘tish jarayonida hisob qaydnomasini yaratish uchun taqdim etilgan ma’lumotlar;
(b)   Foydalanuvchi tomonidan Xizmatdan foydalanish jarayonida hisob qaydnomasini tahrirlashda kiritilgan qo‘shimcha ma’lumotlar;
(c)    Kompaniya tomonidan Foydalanuvchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq majburiyatlarni bajarish maqsadida Foydalanuvchi tomonidan qo‘shimchataqdim etilgan ma’lumotlar, masalan: ism, familiya, tug‘ilgan sana, jins, pasport ma’lumotlari, mobil telefon raqami va boshqalar.
2.1.2. Ma’lum bir Xizmatning ishlashiuchun zarur bo‘lganboshqa ma’lumotlar, xususan:
(a)     Texnik vositalar (qurilmalar) va Xizmat bilan o‘zaro aloqa qilish texnologiyasi haqidagi ma’lumotlar (masalan, IP-manzil, operatsion tizim turi, brauzer turi, geografik joylashuv, internet xizmat ko‘rsatuvchi provayder);
(b) Cookies yordamida avtomatik ravishda to‘plangan ma’lumotlar;

(c)     Foydalanuvchi tomonidanXizmatdagi harakatlar natijasida olingan ma’lumotlar, masalan, mazmun qo‘shish haqidagi ma’lumotlar (agar qo‘llanilsa);
(d) Xizmatda boshqa Foydalanuvchilar harakatlari natijasida olingan ma’lumotlar (agar qo‘llanilsa);
(e) Internet-xizmatlardan foydalanish bo‘yicha umumlashtirilgan tahliliy ma’lumotlar.
Kompaniya tomonidan qayta ishlanadigan hisob qaydnomasiga tegishli ma’lumotlar va boshqa ma’lumotlar, agar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq shaxsiy ma’lumotlar toifasiga kirsa, ushbu Siyosat shartlariga muvofiq shaxsiy ma’lumotlar sifatida qayta ishlanadi.
Agar «MEDIATEKA» MCHJning biron bir Xizmati maxsus maxfiylik siyosatini o‘z ichiga olmasa, ushbu Siyosat shartlari qo‘llaniladi.
«MEDIATEKA» MCHJ Xizmatlaridan to‘liq foydalanish uchun Foydalanuvchi hisob qaydnomasi orqali avtorizatsiyadan o‘tishi (login va parolni kiritishi) zarur. Ushbu holatda Xizmat Foydalanuvchining hisob qaydnomasidan quyidagi ma’lumotlarni olishi mumkin: ism, familiya, tug‘ilgan sana, jins, pasport ma’lumotlari, elektron pochta. Har bir Xizmat uchun Foydalanuvchi haqida olinadigan ma’lumot hajmi mazkur Xizmatning shartnomani bajarish uchun zarur bo‘lgan funksional ehtiyojlariga bog‘liq bo‘ladi.
2.2.  Foydalanuvchiga Xizmatlarning ayrim funksiyalari va qoidalari doirasida boshqa ma’lumotlarni joylashtirish imkoniyati berilishi mumkin (agar qo‘llanilsa).
Bu ma’lumotlar 2.1-bandda ko‘rsatilganlardan tashqari bo‘lishi mumkin, ammo amaldagi qonunchilik talablariga zid kelmasligi lozim. Kompaniya bunday ma’lumotlarni, shuningdek biometrik yoki maxsus toifadagi shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashni maqsad qilmaydi. Foydalanuvchi ushbu ma’lumotlarni joylashtirish orqali ular internet tarmog‘idagi noma’lum doiradagi foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘lishini tushunadi.
2.3.Agar foydalanilayotgan Xizmat funksional imkoniyatlari Foydalanuvchi haqida ma’lumotni uning hisob qaydnomasida aks ettirishni ta’minlasa va bu ma’lumot boshqa Foydalanuvchilar yoki internet foydalanuvchilari uchun ko‘rinadigan bo‘lsa, Foydalanuvchi buni qabul qiladi. Foydalanuvchi Axborot,jumladan hisob qaydnomasiga oid va boshqama’lumotlarning ushbu Xizmatning           mavjud       funksionalligi         doirasida           boshqa       Foydalanuvchilar                    va/yoki    internet foydalanuvchilari uchun ochiq bo‘lishiga rozilik bildiradi (bu funksional imkoniyatKompaniya tomonidan vaqti-vaqti bilan o‘zgartirilishi mumkin).
2.4. Cookies qayta ishlash
Cookies – bu veb-saytlar Foydalanuvchining kompyuteri yoki mobil qurilmasidagi brauzer orqali so‘raydigan kichik hajmdagima’lumotlar. Cookies Foydalanuvchining qurilmasida mahalliy ravishda saqlanadi. Kompaniya o‘z Xizmatlarini tashrif buyuruvchi Foydalanuvchilar bo‘yicha cookiesni yig‘adi va qayta ishlaydi.
Kompaniya Xizmatlarida quyidagi cookies turlari ishlatiladi:
●      Majburiy cookies / Texnik cookies: Saytni ishlatish va Foydalanuvchiga Xizmatlarni taqdim etish uchun zarur; masalan, brauzer turini aniqlash uchun ishlatiladi.
●      Statistik / Tahliliy cookies: Foydalanuvchilarni aniqlash, ularning sonini hisoblash va sayt faoliyatiga oid ma’lumotlarni to‘plash (masalan, tashrif buyurilgan sahifalar va kontent bo‘yicha).
●      Texnik cookies: Foydalanuvchilarning sayt bilan qanday o‘zaro aloqada bo‘lishini aniqlash uchun ishlatiladi, bu esa Xizmatlarning ishlash samaradorligini oshirishga yordam beradi.
●      Funksional cookies: Saytdan foydalanishni qulaylashtirish uchun maxsus funksiyalarni (masalan, til va joylashuv parametrlarini saqlash) taqdim etadi.

3. Axborotni qayta ishlashshartlari
3.1.   Foydalanuvchilarning Axborotini qayta ishlashKompaniya tomonidan quyidagiprinsiplarga muvofiq amalga oshiriladi:
3.1.1. Axborotni qayta ishlash maqsadlari va usullarining qonuniyligi;
3.1.2. Kompaniya tomonidan halollikning ta'minlanishi;
3.1.3.  Axborotni qayta ishlash maqsadlarining oldindan belgilangan va uning yig‘ilishi vaqtida e'lon qilingan maqsadlarga muvofiqligi, shuningdek Kompaniyaning vakolatlariga mosligi;
3.1.4. Qayta ishlanayotgan Axborot hajmi va xarakterining, shuningdek uni qayta ishlashusullarining Axborot qayta ishlash maqsadlariga muvofiqligi;

3.1.5.    Foydalanuvchilar haqidagi Axborotni bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlar uchun yaratilgan ma'lumotlar bazalariga birlashtirishga yo‘l qo‘yilmasligi.
3.2. Axborotni qayta ishlashmaqsadlari
Kompaniya Foydalanuvchilarning hisob qaydnomasi ma'lumotlarini va boshqa ma'lumotlarni tegishli Xizmatlardan foydalanish bo‘yicha Foydalanuvchilar bilan tuzilgan shartnomalarni bajarish maqsadida qayta ishlaydi.
3.3. Axborotni yig‘ish
Foydalanuvchining hisob qaydnomasi ma'lumotlarini yig‘ish tegishli Xizmatda ro‘yxatdan o‘tish jarayonida Foydalanuvchi tomonidan ro‘yxatga olish formasini to‘ldirish orqali amalga oshiriladi. Keyinchalik Foydalanuvchi o‘z ma'lumotlarini tahrirlashi yoki o‘z tashabbusi bilan qo‘shimcha ma'lumot kiritishi mumkin.
Boshqa ma'lumotlar esa Foydalanuvchi Xizmatdan foydalangan vaqtda Kompaniya tomonidan mustaqil ravishda yig‘iladi. Ba'zi hollarda boshqa ma'lumotlarni yig‘ish Foydalanuvchi Xizmatga kirgan paytdan boshlanadi (masalan, veb-sahifa yuklanganda yoki ilova ishga tushirilganda) va Foydalanuvchi Xizmatda ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa ham amalga oshiriladi.
3.4. Axborotni uzatish
Kompaniya, Foydalanuvchining roziligisiz, shaxsiy ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilmaydi va tarqatmaydi. Bundan mustasno holatlar O‘zbekiston Respublikasining shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha qonunchiligida ko‘zda tutilgan.
Kompaniya Foydalanuvchilarga sifatli, ko‘p funksiyali, foydalanishda qulay va shaxsiy ehtiyoj hamda manfaatlarga moslashgan xizmatlarni taqdim etish maqsadida o‘z Xizmatlarini rivojlantiradi, takomillashtiradi, optimallashtiradi va yangi funksionallarni (axborot, kommunikatsion, reklamaviy, ta'limiy, ko‘ngilochar va boshqa yo‘nalishlarda) joriy etadi.
Ushbu holatlarni va Siyosatning 3.2-bandida belgilangan maqsadlarni hisobga olgan holda, Foydalanuvchi quyidagi harakatlarni amalga oshirish uchun Kompaniyaga rozilik beradi:
- ma'lumotlarni qayta ishlash, jumladan yig‘ish, yozib olish, tizimlashtirish, to‘plash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), taqqoslash, olish, foydalanish, bloklash, o‘chirish yoki yo‘q qilish.
3.5. Axborotni saqlash
Foydalanuvchilar haqidagi hisob qaydnomasi va boshqa ma'lumotlar O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan elektronvositalarda saqlanadi. Qayta ishlash esa avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalanish orqali amalga oshiriladi, agar shaxsiy va boshqa ma'lumotlarni avtomatlashtirilmagan tarzda qayta ishlash qonunchilik talablariga muvofiq zarur bo‘lmasa.
Axborot ma'lumotlarni qayta ishlash maqsadlariga erishilgunga qadar saqlanadi, agar tegishli Xizmatning maxfiylik siyosatida boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa.
3.6. Axborotni saqlash muddati
Foydalanuvchilar haqidagi hisob qaydnomasi va boshqa ma'lumotlar Kompaniya va Foydalanuvchi o‘rtasida tegishli Xizmatdan foydalanish bo‘yicha tuzilgan shartnoma amal qilishmuddati davomida saqlanadi. Ushbu shartnoma bekor qilinganidan so‘ng ma'lumotlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida ko‘zda tutilgan muddatda saqlanadi.
3.7. Axborotni qayta ishlashni to‘xtatish
Axborotni qayta ishlash maqsadlariga erishilgandan so‘ng, Kompaniya Foydalanuvchining hisob qaydnomasi va boshqa ma'lumotlarni O‘zbekiston Respublikasining «Shaxsiy ma'lumotlar to‘g‘risida»gi qonunida belgilangan usullardan biri bilan qayta ishlashni to‘xtatadi.
4. Foydalanuvchilarning huquqlari va majburiyatlari
Foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
4.1.    Tegishli Xizmatda Foydalanuvchi hisob qaydnomasi orqali o‘zlari haqidagi ma’lumotlarni ko‘rish orqali ularga bepul kirish huquqiga ega bo‘lish.
4.2. Xizmatning funksionalligi doirasida o‘zlari haqidagima’lumotlarga nisbatan maxfiylikdarajasini (axborotga kirish shartlarini) belgilash huquqiga ega bo‘lish (agar qo‘llanilsa).
4.3. «MEDIATEKA» MCHJ xizmatlaridan mustaqilravishda foydalanish.
4.4.   Kompaniyadan Foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlarning aniqlashtirilishini, bloklanishini yoki yo‘q qilinishini talab qilish. Bu holat, agar ma’lumotlar to‘liq bo‘lmasa, eskirgan bo‘lsa, noto‘g‘ri yoki noqonuniy tarzda olingan bo‘lsa yoki qayta ishlashning belgilangan maqsadlariga muvofiq

bo‘lmasa va Xizmatning funksionalligi Foydalanuvchiga bunday ma’lumotlarni mustaqil ravishda o‘chirish imkonini bermasa, amalga oshiriladi.
4.5. So‘rov asosidaKompaniyadan Foydalanuvchi haqidagima’lumotlarni qayta ishlashbilan bog‘liq ma’lumotlarni olish.
5. Axborotni himoya qilishchoralari
5.1.  Kompaniya Foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarni noqonuniy yoki tasodifiy kirishdan, yo‘q qilinishdan, o‘zgartirilishdan, bloklanishdan, ko‘paytirishdan, tarqatishdan yoki boshqa noqonuniy harakatlardan himoya qilish uchun texnik va tashkiliy-huquqiy choralarni ko‘radi.
5.2.  Axborot xavfsizligini ta’minlash uchun texnik choralar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablarini, texnik taraqqiyot darajasini va qayta ishlanadigan ma’lumotlarning xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Axborot asosan avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlanadi. Agar ma’lumotlarga Kompaniya xodimlari yoki pudratchilari tomonidan kirish taqdim etilsa, bu faqat xizmat vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan hajmda amalga oshiriladi. Shu bilan birga, bunday shaxslar ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash bo‘yicha ichki qoidalar va qonunchilik talablariga rioya qilishga majburdirlar.
6. Kompaniyaning javobgarligini cheklash
6.1.    Agar Foydalanuvchi o‘z maxfiylik sozlamalarini noto‘g‘ri tanlasa yoki o‘z login/parolini uchinchi shaxslarga oshkor qilsa va buning natijasida ma’lumotlar tarqalsa, Kompaniya bunday holatlar uchun javobgar bo‘lmaydi.
7. Foydalanuvchilarning murojaatlari
7.1.    Kompaniya tomonidan qayta ishlanayotgan ma’lumotlar, shu jumladan Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, tegishli Xizmatdan foydalanish jarayonida Foydalanuvchiga yoki uning vakiliga murojaat (so‘rov) asosida taqdim etiladi.
7.2.     So‘rovlar yozma shaklda Kompaniyaning manziliga yoki O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan boshqa shaklda yuboriladi.
7.3.  Foydalanuvchi o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga roziligini bekor qilish huquqiga ega. Buning uchun Foydalanuvchi yozma ravishda ariza bilan Kompaniyaning manziliga murojaat qilishi lozim. Ariza O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
8. Ushbu Siyosatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish
8.1.    Kompaniya ushbu Siyosatga va alohida Xizmatlarning siyosatlariga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega. O‘zgartirishlar haqida Foydalanuvchiga, jumladan, ushbu Siyosatning yangilangan tahririni Saytda joylashtirish orqali xabar beriladi. Siyosatga kiritilgan o‘zgartirishlar Saytda yangi tahrir joylashtirilgan kundan keyingi kundan boshlab kuchga kiradi.Foydalanuvchi ushbu Siyosatva alohida Xizmatlarning siyosatlarida kiritilgan o‘zgartirishlar bilan mustaqil ravishda tanishishga majburdir. Foydalanuvchi o‘z majburiyatlarini bajarishdan yoki ushbu Siyosat va Xizmatlar shartlarini buzganlikdan xabardor bo‘lmasligi Xizmatlarning siyosatlari bilan tanishmaslik asosida oqlanmaydi.
8.2.  Foydalanuvchi ushbu Siyosatga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni qabul qilishdan bosh tortish huquqiga ega. Bunday rad javob Foydalanuvchining «MEDIATEKA» MCHJning barcha yoki alohida Xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortishini anglatadi.
8.3.  Ushbu Siyosat O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi va talqin qilinadi. Ushbu Siyosatda tartibga solinmagan masalalar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi asosida hal qilinadi.